Braziliya prezidenti payshanba kuni yana operasiya qilinadi, dedi uning shifokori. Bu haqda BBC xabar berdi.
Luis Inasiu Lula da Silva seshanba kuni baxtsiz hodisadan keyin intrakranial qon ketishidan (prezident oktyabr oyida o‘z qarorgohida yiqilib, keyin bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan) miyaga shoshilinch operasiya qilindi.
Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi va 79 yoshli Lula o‘zini yaxshi his qilmoqda, deya xabar beradi San-Pauludagi «Sirio-Libanes» gospitali.
Davolovchi shifokor Roberto Kalilning so‘zlariga ko‘ra, yangi aralashuv qon ketish xavfini minimallashtirish uchun zarur. Uning so‘zlariga ko‘ra, operasiya kutilgan va nisbatan sodda, u taxminan bir soat davom etadi.