Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli 22—24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida qatnashmaydi, deb yozadi TASS.
“Prezident Luis Inasiu Lula da Silva 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga shifokorlar tomonidan uzoq masofalarga parvozlarni vaqtinchalik taqiqlangani sababli kela olmaydi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumki, Braziliya rahbari sammitda videokonferensiya formatida ishtirok etadi.
Braziliyaning Metrópoles portali xabariga ko‘ra, Lula da Silva boshining orqa qismini nimagadir urib olgan. Prezident darhol Braziliyadagi Sírio-Libanes kasalxonasiga olib ketildi. Aytishlaricha, shifokorlar jarohatni o‘sha yerda tikib qo‘ygan.
“Sog‘lig‘i uchun unga samolyotda uzoq masofalarga chiqmaslik tavsiya qilindi”, — deyiladi tibbiyot muassasasi xabarida.