Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Braziliya prezidenti: "Dunyo Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng ko‘p qurolli nizolarni boshdan kechirmoqda"

Braziliya prezidenti: "Dunyo Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng ko‘p qurolli nizolarni boshdan kechirmoqda"

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva dunyoda nizolar soni Ikkinchi jahon urushi davridan beri eng yuqori nuqtaga yetganini ma’lum qildi.

«Dunyo Ikkinchi jahon urushi davridan buyon eng ko‘p qurolli nizolarni boshdan kechirmoqda. Bu holat aynan demokratiya chorrahada (tanlov qarshisida) qolgan bir vaqtda sodir bo‘layotgani tasodif emas. Ekstremizm esa bu yovuz doiraning ham boshlanish, ham yakuniy nuqtasiga aylanmoqda», — deb ta’kidladi u «Kommersant» gazetasi uchun yozgan maqolasida.

Braziliya prezidenti xalqaro huquqning har bir buzilish holati yangi suiiste’molliklarga yo‘l ochishini qayd etdi. U shuningdek, BMT Xavfsizlik kengashining beparvoligi va harakatsizligi tufayli ruxsat berilgan va taqiqlangan harakatlar o‘rtasidagi chegara yuvilib borayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 08:49. O'qildi: 227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!