Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Brakonyerga chora ko‘rildi

Brakonyerga chora ko‘rildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi inspektorlari tomonidan Bo‘stonliq tumani Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi Piskom bo‘limining Qorong‘i To‘qay hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda 1989 yil Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan fuqaro T.B. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz o‘ziga tegishli bo‘lgan ov quroli yordamida 1 bosh tog‘ echkisini ovlaganligi aniqlandi.

Brakonyerga chora ko‘rildi

Huquqbuzar bu xatti-harakati bilan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning tegishli moddalari talablarini buzgan. Uning bu qilmishi orqali taxminan 16 million 875 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Brakonyerga chora ko‘rildi

Ushbu holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan amaldagi tartib asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sud organlariga yuborildi.

Kiritildi: 10:59 05.11.2024. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!