Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Bozorlarimizda bugun: Eng arzon mol go‘shti 28 ming so‘m, guruch esa 4 ming so‘m

Bozorlarimizda bugun: Eng arzon mol go‘shti 28 ming so‘m, guruch esa 4 ming so‘m

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 31 mart holatidagi narxlari haqida O‘zA ma’lumot berdi.


MOL GO‘SHTI

28 000 so‘mdan - 40 000 so‘mgacha


Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Yunusobod dehqon bozori (barchasi Toshkent) va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan - 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Andijondagi markaziy dehqon bozori hamda Urganch shahar (Xorazm) markaziy dehqon bozorida qayd etilgan 30 000 - 40 000 so‘m.

QO‘Y GO‘SHTI

28 000 so‘mdan - 42 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori va Andijondagi markaziy dehqon bozorida kuzatildi 1 kg. qo‘y go‘shti 38 000 - 42 000 so‘mga.

TOVUQ GO‘SHTI

12 000 so‘mdan - 21 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Xorazmdagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi 11 000so‘mdan - 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 18 000 - 21 000 so‘m.

GURUCh

4 000 so‘mdan - 15000 so‘mgacha

Eng arzon narx Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozorida qayd etilgan 4 000 9 000 so‘m.

Eng qimmat narx esa Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan 4 500 - 15 000 so‘m.

O‘SIMLIK YOG‘I

8 300 so‘mdan - 12 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i Andijon shahridagi Yangi shahar bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 300 so‘mdan 9 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda Mirobod dehqon bozorida qayd etilgan 12500 so‘mgacha.

UN

1 750 so‘mdan - 4 900 so‘mgacha

Eng arzon un Toshkentning Qo‘yliq dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 3 350 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan 1 kg. 1-navli un narxi 1 500 so‘mdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Qo‘yliq dehqon bozorida va Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 4 000 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi 4 000 so‘mgacha.

SHAKAR

4 300 so‘mdan - 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 4 300 5 200so‘m.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Termiz shahri markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 5 000 5 500so‘m.

TUXUM

300 so‘mdan - 650 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 300 - 650 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

KARTOSHKA

1 000 so‘mdan - 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi Qashqadaryo Qarshi shahri Yerqo‘rg‘on dehqon bozorida qayd etildi 1 000 so‘mdan 2 300 so‘mgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Toshkentda Mirobod dehqon bozorida kuzatildi 1 200 3 000 so‘mgacha.

POMIDOR

5 000 so‘mdan - 17 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozorida kuzatildi 5 000 so‘mdan - 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Xorazmda Urganch shahridagi Markaziy dehqon bozorida qayd etildi 15 000 17 000 so‘mgacha.

XO‘JALIK SOVUNI

1 500 so‘mdan - 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Namangan shahri Markaziy dehqon bozori, Surxondaryo Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on dehqon bozori da va Farg‘onadagi Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 1 500 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahri va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi 1 500 - 3 500 so‘mgacha.

Kiritildi: 14:09 02.04.2019. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!