Bugun, 18 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Boysun tumanidagi "M-25" konida gaz chiqishini to‘xtatish maqsadida yengil portlatish ishlari amalga oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, mazkur xabar asossiz bo‘lib, hozirda bunday choralarni amalga oshirish rejalashtirilmagan hamda bunday yolg‘on xabarlarga ishonmaslik va tarqatmaslik so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, 17 sentyabr kuni Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga qarashli 604-son qudug‘ining yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazining sizib chiqishi jami 4 kishi vafot etishiga sabab bo‘lgan edi.