Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Boysunda qarzdor ota xorijga chiqish uchun 5 yillik aliment pulini to‘ladi

Boysunda qarzdor ota xorijga chiqish uchun 5 yillik aliment pulini to‘ladi

Majburiy ijro byurosining Boysun tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga ko‘ra tumanning Inkabod mahallasida yashovchi Rustam Jo‘rayev 2021 yilning sentyabr oyidan boshlab bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lab borishi belgilangan.

Qarzdor ota yillar davomida chet elda ishlab mo‘maygina daromad topib kelgan bo‘lsa-da, birgina yolg‘iz farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq aliment to‘lovchi otaning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklanib, qarzdor ota bu haqida ogohlantirildi.

Rustam Jo‘rayev xorijiy davlatga borish istagida ekanligini hamda o‘ziga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni so‘rab Byuroning tuman bo‘limiga murojaat qildi. Davlat ijrochisi Elyor Kamolov qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlarni bekor qilish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori mazmun mohiyati tushuntirildi.

Qarzdor ota ushbu cheklovlarni bekor qilish uchun sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishib 18 million 600 ming so‘m aliment qarzdorligini hamda davlat ijrochilari tomonidan oldindan hisoblab berilgan 5 yillik aliment miqdori ya’ni 97 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi.

Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosining Boysun tuman bo‘limi tomonidan R.Jo‘rayevning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!