Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Boyovut tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan 15 nafar ishchi-xodimlarning ish haqlari undirib berildi

A A A
Boyovut tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan 15 nafar ishchi-xodimlarning ish haqlari undirib berildi

Davlat ijrochilari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudida Boyovut tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi hisobidan mehnat shartnomalarini buzib, 15 nafar ishchi-xodimning ish haqini o‘z vaqtida to‘lab bermagani yuzasidan kiritilgan da’vo arizasi ko‘rib chiqilgan.

Sud, Boyovut tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga 15 nafar ishchi-xodimning o‘z vaqtida to‘lanmagan jami 52 million 394 ming 270 so‘mlik ish haqlarini to‘lab berish bo‘yicha qaror chiqargan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, darhol ijro harakatlariga kirishilgan va taraflar ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor Boyovut tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan 15 nafar ishchi-xodimning o‘z vaqtida to‘lanmagan jami 52 million 394 ming 270 so‘mlik ish haqlari to‘liq undirib olingan. Xodimlarning ish haqlari bank plastik kartalariga to‘liq o‘tkazib berilib, ijro hujjati tamomlangan.

Kiritildi: 21:50 23.03.2022. O'qildi: 2351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!