Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Boykot salbiy ta’sir ko‘rsatdi: Starbucks global savdolardagi keskin tushish haqida xabar berdi

Boykot salbiy ta’sir ko‘rsatdi: Starbucks global savdolardagi keskin tushish haqida xabar berdi

Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i 29 sentyabrda yakunlangan 2024-moliyaviy yilning to‘rtinchi choragi uchun dastlabki natijalarni e’lon qildi.

Shunday qilib, Starbucks’ning har bir aksiyadan tushgan daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25 foizga kamaydi. Kompaniyaning global taqqoslanadigan tarmoq savdosi ham 2024-moliyaviy yilda 2 foizga kamaygan. Starbucks, shuningdek, kompaniyaning yuqori boshqaruvidagi kutilmagan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, 2025 yilga mo‘ljallangan moliyaviy ko‘rsatmalarini bekor qildi.

Hisobotga kiritilgan Starbucks moliyaviy direktori Reychel Rujeri investisiyalarning o‘sib borayotgani ham pasayish jarayoniga ta’sir qilmaganini aytdi.

Samaradorlikni oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlar rejadagidek davom etgan. Biroq ular tanazzul oqibatlarini bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmagan. Kompaniya biznesni jonlantirish rejasini ishlab chiqdi, ammo buning uchun vaqt kerak, dedi u.

Starbucks natijalariga Isroilni qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro kompaniyalarga qarshi boykot salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari tufayli norozilik va boykot kampaniyalariga duch kelgan kompaniyalardan biri Starbucks moliyaviy ko‘rsatkichlari oxirgi uch chorakda salbiy tendensiyani ko‘rsatdi.

Qahvaxonalar tarmog‘i o‘tgan yilning oktyabr-dekabr oylari uchun to‘liq yillik savdo prognozini, qisman Yaqin Sharqdagi do‘konlardagi savdolarning salbiy ta’siri tufayli pasaytirdi. Yanvar-mart oylarida Starbucks daromadi 2 foizga, kompaniyaning global sotuvi ham 4 foizga qisqardi, bu so‘nggi to‘rt yildagi eng keskin pasayishdir. Starbucks, shuningdek, joriy yilning aprel-iyun oylarida global sotuvlar 3 foizga kamaygani haqida xabar berdi.

“Boykot qildim” manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, Starbucks aksiyalarining katta qismiga egalik qiluvchi Govard Shults kompaniyasi Isroil iqtisodiyoti va xavfsizlik tizimiga katta miqdorda sarmoyalar kirituvchi sionistga tegishli. Jumladan, u Wiz kiberxavfsizlik startapiga 1,7 mlrd dollar mablag‘ jalb qilgan.

O‘z navbatida, Starbucks har qanday urush va zo‘ravonliklarga aloqadorligini rad etib keladi.

Kiritildi: 19:15 23.10.2024. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!