Toshkentdagi Botanika bog‘i hududida daraxtlar kesilayotgani va qurilish ishlari boshlangani haqida tarqalgan xabarlar rad etildi. Rasmiylarga ko‘ra, hududda sun’iy ko‘l barpo etilmoqda.
Yunusobod tumani hokimligi ma’lum qilishicha, mazkur hududda daraxt kesish ishlari olib borilmayapti. Aholi uchun qulay dam olish sharoitlarini yaratish va daraxtlar uchun zarur namlikni oshirish maqsadida maxsus loyiha asosida sun’iy ko‘l tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida:
Botanika bog‘i bosh dendrologi Atirgul Xolmirzayevaning ma’lum qilishicha, suv havzasi barpo etilishi munosabati bilan hududdagi ayrim o‘simliklar va qamishlar olib tashlanmoqda. Keyinchalik havzada suvda o‘sadigan o‘simliklar ekilib, uning atrofi manzarali butalar bilan obodonlashtiriladi.
Fanlar akademiyasi ham holatga munosabat bildirib, Botanika bog‘ining ilmiy kolleksiyasi va unga mansub daraxtlarga zarar yetkazilmayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, sun’iy ko‘l barpo etilayotgan hudud bog‘ning ilmiy kolleksiya maydonlariga kirmaydi. U yerda asosan tabiiy ravishda o‘sib chiqqan o‘simliklar, jumladan, maymunjon, qamish va boshqa yovvoyi o‘simliklar mavjud bo‘lgan.
Ishlar ekologiya mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilayotgani, jarayonda ekologik talablarga rioya etilishi hamda mavjud yashil hududlarga zarar yetkazilmasligi nazorat qilinayotgani bildirildi.