Bugun 4 fevral, 2025 yil, seshanba

КИР

«Boshqalarga havasim keladi» — 63 yildan buyon uxlamayotgan odam

«Boshqalarga havasim keladi» — 63 yildan buyon uxlamayotgan odam

Vetnamda 81 yoshli fermer Txay Ngok yashaydi, u so‘nggi marta 17 yoshida uxlagan, 1962 yilda bezgakka chalinganidan so‘ng uyqusizlikka mubtalo bo‘lgan, deb yozdi Lad Bible.

Na dori-darmon, na shifokorlarning ko‘rsatmalari foyda berdi — Ngok hamma qatori mazza qilib uxlolmaydi.

«Boshqalar uxlayotganini ko‘rib, havasim keladi. To‘lin oy kechalari dalaga chiqib ketaman, hech nima qilmasdan o‘tirish — turgan-bitgani azob», — dedi Txay Ngok.

Umuman uxlamasligi va keksaligiga qaramasdan, fermer sog‘lom va baquvvat, 50 kiloli qoplarni to‘rt kilometrgacha charchamasdan eltadi. Biroq oilasi uning doimiy bedorligidan tashvishda.

Ayrimlarning taxminiga ko‘ra, Ngokning uyqusizlik kasalligi Vetnam urushi voqealari oqibatidagi posttravmatik zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

G‘ayrioddiy hodisa shifokorlar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda.

Kiritildi: 14:37 03.02.2025. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!