Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Boshpanasiz shaxslar qo‘llab-quvvatlanadi

Boshpanasiz shaxslar qo‘llab-quvvatlanadi

“Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–288-son, 03.08.2026 y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, ichki ishlar organlarining Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazlari Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari deb qayta nomlanadi.

⛔️ Boshpanasiz shaxslarni Ijtimoiy markazlarga sud qarori asosida joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.

🔎 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:

🤓 Ijtimoiy markazlarga boshpanasiz shaxslar ularning roziligi bilan joylashtiriladi;

🤓 Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslar vaqtinchalik boshpana hamda ushbu markazlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi;

🤓 Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan shaxslar individual rejalarga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordamlar bilan qamrab olinadi va boshqalar.

💸 2026 yil 1 oktyabrdan Ijtimoiy markazlarga joylashtirilgan boshpanasiz shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etiladi hamda ularni kasbga o‘qitish bo‘yicha tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali vaucherlar ajratiladi.

📜 Boshpanasiz shaxslar Ijtimoiy markazlarda bo‘lgan davrida ushbu muassasaga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.

🤑 Boshpanasiz shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq davlat boji, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Kiritildi: 13:46 04.08.2026. O'qildi: 1614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!