Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Ryonson mashinasozlik birlashmasida rekonstruksiya va modernizasiyaning birinchi bosqichi ob’ekti ishga tushirilishi marosimi paytida keskin nutq so‘zlab, bosh vazir o‘rinbosari Yan Sin Xoni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda STAK xabar berdi.
Kim Chen In Ryonson mashinasozlik birlashmasida texnik qayta qurishning birinchi bosqichi jarayoniga rahbarlik qilishdagi kamchiliklarni qattiq tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, ayrim rahbarlarning "mas’uliyatsizligi va moslashuvchanligi" sabab modernizasiya jarayonida ortiqcha tartibsizlik yuzaga kelgan, bu esa qiyinchiliklar va iqtisodiy zararga olib kelgan.
"Xo‘jalikni boshqarishdagi hozirgi rahbar kuchlar mamlakat sanoatini umumiy tartibga solish va texnik qayta qurishga tayyor emas", — deya ta’kidladi u. Shuningdek, u "passivlik va mas’uliyatsizlikka o‘rganib qolgan" shaxslarga tayanish mumkin emasligini qayd etdi.
Kim Chen In voqea joyida Yan Sin Xoni lavozimidan bo‘shatdi.
Ma’lum qilinishicha, Yan Sin Xo Shimoliy Koreya hukumatida bosh vazir o‘rinbosari — og‘ir sanoat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan va mashinasozlik sohasini nazorat qilgan.