Toshkentda mehribonlik uyida bolalar norozilik namoyishi uyushtirilganligi haqida xabar berilgan edi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibining darakchi.uzga xabar berishicha, Yunusobod tumani prokurori rahbarligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 21-son Mehribonlik uyining faoliyati tekshirilgan.
Tekshirish davomida muassasada nosog‘lom va qoniqarsiz muhit tufayli ayrim tarbiyalanuvchilarda norozilik kayfiyati paydo bo‘lganligi va namoyish uyushtirilganligi aniqlandi.
Shu sababli, 26 aprel kuni 21-sonli Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bundan tashqari, tekshirish davomida muassasa mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida o‘zganing ko‘p miqdordagi mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Jinoyat kodeksining 167, 205 va 207-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.