Bosh prokuratura taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil davomida jami 1148 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1723 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Mansabdor shaxslarning 9 nafari respublika, 45 nafari viloyat va 1669 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Ularning 835 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
227 nafari firibgarlik;
132 nafari pora olish (berish) va pora olish-berishda vositachilik qilish;
58 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish;
31 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
25 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash;
16 nafari mansab soxtakorligi;
399 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdorlarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 500,1 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 355,7 mlrd. so‘mi undirilgan.