Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Bosch Germaniyadagi ikkita zavodni yopishini e’lon qildi

A A A
Bosch Germaniyadagi ikkita zavodni yopishini e’lon qildi

Germaniyaning Bosch konserni 2026 yilgacha Germaniyadagi Power Tools bo‘linmasining ikkita zavodini yopishini e’lon qildi, bu esa 500 dan ortiq xodimni ishsiz qoldiradi.

Bu haqda IG Metall kasaba uyushmasi bayonotiga tayanib, "Praym" xabar berdi.

"Kompaniya rahbariyati 9 aprel kuni xodimlarga Laynfeldendagi, Baden-Vyurtembergdagi va Saksoniyadagi Zebnitsadagi zavodlar 2026 yil oxirigacha yopilishi kerakligini ma’lum qildi," - deya agentlik kasaba uyushmasi bayonotidan iqtibos keltirgan.

Aniqlik kiritilishicha, Laynfeldendagi zavodda 230 nafar, Zebnitsda 270 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi.

Shu bilan birga, kompaniya bo‘linmasi mehnat resurslari xarajatlari qisqarishini kutgan holda Vengriya va Xitoyda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish niyatida.

Kiritildi: 17:46 10.04.2025. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!