Isroil bilan mojaro tugaganidan so‘ng G‘azo sektorida hokimiyat tepasida faqat Falastin qolishi kerak, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Xosep Borrel.
Bu haqda u Manamadagi “Manama Dialogue” forumidagi nutqi davomida aytdi.
Borrel fikricha, HAMAS endi anklavni nazorat qila olmaydi.
"Menimcha, bu ishni qila oladigan yagona siyosiy kuch bor: Falastin milliy ma’muriyati", - dedi u.