Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Germaniya kansleri lavozimiga da’vogarlik qilmasligini ma’lum qildi. Uning murojaati 21 noyabr, payshanba kuni Sosial-demokratik partiyaning (GSDP) X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.
Pistorius kansler lavozimiga nomzodini ilgari surmaslik haqidagi qarorni butunlay o‘zi qabul qilganini tushuntirdi. Bu o‘rin uchun kurashda u Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Sholsni qo‘llab-quvvatladi. «Olaf Shols — kuchli kansler va u kansler lavozimiga to‘g‘ri nomzod», deb tushuntirdi u. Shols, uning fikricha, «aql va ehtiyotkorlik tarafdori», bu hozirgi kabi inqiroz davrida ayniqsa muhimdir.
Dpa agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, GSDPdan kansler lavozimiga Shols nomzodi partiya rahbariyatining 25 noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ko‘rsatiladi.