– Bomdod namozidan keyin namoz o‘qib bo‘lmaydi, deb eshitdim. Bomdod vaqti chiqquncha qazo namozlarni ado qilsa bo‘ladimi?
– Quyosh chiqayotgan, tikkaga kelgan va botayotgan paytlarda har qanday namoz joiz emas. Bomdodni o‘qigandan keyin to quyosh chiqquncha va asrdan keyin to quyosh botguncha nafl namoz o‘qish makruhdir. Bu ikki vaqtda qazo namozlarni o‘qish mumkin.