Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 424 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah, Bayt-Laxiya, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 37 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 44466 kishi shahid bo‘ldi.
▪️G‘azo hukumati: G‘azo shimolida qamal boshlanganiga 60 kun bshldi. Bu vaqt ichida 3700 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunisdan bosib olingan hududga raketa uchirdi.
▪️G‘arbiy Sohilda qarshilik jangchilari bir kunda 14 ta qarshilik harakatini amalga oshirdi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi shaharlarga 30 marta zarba berdi. 9 kishi halok bo‘ldi.
▪️"Hizbulloh": Mudofaa, ishg‘ol tomon ogohlantiruvchi zarba sifatida raketalar uchirdik. Livanning bosib olingan Kafr Shuba tepaliklarida dushmanning Ruvaysat al-Olam pozisiyalariga zarba berdik.
▪️Eron prezidenti Rossiya prezidentiga: Mintaqada sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar Isroil manfaatlariga qaratilgan Amerika-Sionistik rejadir. Mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi birlik va hamkorlik bu rejani barbod qiladi.
▪️Tramp 20 yanvargacha G‘azodan isroillik harbiy asirlar ozod qilinmasa, Yaqin Sharqda do‘zax bo‘lishini va’da qilmoqda.
▪️"Hay’at Tahrir ash-Shom" guruhi boshchiligidagi hukumatga qarshi kuchlar Suriyaning Xama viloyatida ma’muriy markazdan 6 km uzoqlikda Bashar al-Assad rejimi kuchlari bilan jang qilmoqda. Yana 6 ta aholi punkti muxolifat kuchlari nazoratiga o‘tdi.
▪️Bashar al-Assad rejimi va Rossiyaning Suriya shimolidagi Halab va Idlib viloyatlariga 27 noyabrdan 2 dekabrga qadar uyushtirgan aviahujumlari natijasida 81 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, yana 304 nafari yaralandi.
▪️ Kanada Yaman husiylarini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi. Ayblanuvchilarning Kanadadagi aktivlari muzlatiladi, Kanada fuqarolari va kompaniyalariga husiylar vakillari bilan biznes qilish taqiqlanadi.