Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bombalanayotgan G‘azo: 234-kunning asosiy voqealari

A A A
Bombalanayotgan G‘azo: 234-kunning asosiy voqealari

Bosqinchi samolyotlar Rafah, Magazi, Nuseyrat, Jabaliya va G‘azo shahrida ko‘chirilganlar bilan chodirlarga hujum qildi. 24 soat ichida 190 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan beri jami 35 984 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Jenin, Ramallah va Xalilga bostirib kirishadi. Bosqinchilar 14 yoshli bolani o‘ldirishdi.

▪️HAMAS AQSh ma’muriyati va prezident Baydenni Rafahdagi qirg‘in uchun to‘liq javobgar deb hisobladi.

▪️G‘azo hukumati: Rafah qirg‘inida Isroil 907 kg bomba ishlatgan. Bu so‘nggi 24 soat ichida Isroilning BMTga aloqador qochqinlarni ko‘chirish markaziga qilgan 10-hujum bo‘ldi.

§ Isroil Xalqaro Sud qaroriga qaramay Rafah shahriga hujumlarni davom ettirmoqda. BMTning Rafahdagi chodir lagerlarida 100 kishidan ortiq kishi o‘ldirilgan va yondirilgan. Ularning aksariyati bolalardir.

▪️Irlandiya tashqi ishlar vaziri: Rafah qochqinlar lageriga qilingan hujumni qoralaymiz. Bu Xalqaro Sud qarorini buzishdir.

▪️Xalqaro Amnistiya Xalqaro jinoyat sudini aprel oyida G‘azoda 44 nafar tinch aholi, jumladan 32 bola halok bo‘lgan Isroilning uchta hujumini tergov qilishga chaqiradi.

Kiritildi: 16:27 27.05.2024. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!