Der Spiegel'ga ko‘ra, Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha, agar Rossiya qo‘shinlari G‘arbning sust yordami tufayli sharqiy frontda strategik muvaffaqiyatga erishsa, Ukrainaga qo‘shin yuborishni istisno qilmayapti.
Maqolada yozilishicha, o‘tgan hafta Tallindagi konferensiya arafasida Boltiqbo‘yi mamlakatlari deputatlari Germaniya vakillarini "Berlinning siyosati oqibatlari haqida ogohlantirgan".
"Agar G‘arb Kiyevga beparvolik bilan yordam berayotganligi oqibatida Rossiya Federasiyasi Ukraina sharqida strategik muvaffaqiyatga erishsa, vaziyat sezilarli darajada yomonlashishi mumkin. Bunday holatda Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha rus qo‘shinlari o‘z chegaralariga kelguncha kutib o‘tirmaydi, ular o‘z qo‘shinlarini Ukrainaga jo‘natadi", — deyiladi maqolada.