Litva, Latviya va Estoniya ichki ishlar vazirlari fuqarolik mudofaasi bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash orqali ommaviy evakuasiya bo‘yicha qo‘shma rejalarni ishlab chiqish va axborot almashishni soddalashtirishga va’da berdi, deb xabar beradi Politico. Mamlakatlar fuqarolarni evakuasiya qilish imkoniyatlari va yo‘laklari, asosiy chegara o‘tish joylari holati haqida ma’lumot berishga kelishib oldi.
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi tufayli mintaqadagi xavfsizlik vaziyatidan xavotir kuchaymoqda, deb yozadi nashr.
Mamlakatlar uchun “yagona yondashuvni ishlab chiqish va harakatlarni muvofiqlashtirish”, ayniqsa, “keng ko‘lamli evakuasiya zarur bo‘lsa”, dedi Litva ichki ishlar vaziri Vladislav Kondratovich. Uning aytishicha, bularning barchasi vahima qo‘zg‘atmaslikka yordam beradi.