Bolgariya 2026 yil 1 yanvardan boshlab yevroga rasman o‘tadi
Seshanba kuni Yevroparlament Bolgariyada 2026 yil 1 yanvardan yevroning joriy etilishini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatning yevro hududiga qo‘shilishi uchun 531 a’zo ovoz berdi, 69 a’zo qarshi ovoz berdi, 79 a’zo esa betaraf qoldi.
Bu haqda Yevrokomissiya bayonot berdi.
"Evroga o‘tish shunchaki valyuta almashinuvi emas, balki Bolgariya iqtisodiyotini mustahkamlaydigan, fuqarolar va biznesga qo‘shimcha foyda keltiradigan muhim yutuqdir" - dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.
Bolgariyaning yevrozonaga qo‘shilishi Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari bilan yaqinroq iqtisodiy integrasiya, moliyaviy barqarorlikni oshirish va yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni anglatadi.