Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bolali oilalarga nafaqa tayinlashda qanday hujjatlar talab etiladi?

Bolali oilalarga nafaqa tayinlashda qanday hujjatlar talab etiladi?

📝 Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i nomiga ariza mahallaga beriladi (https://lex.uz/docs/5319768).

☑️ Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

➖ ariza beruvchi oila a’zolarining pasporti nusxalari yoki ID-kartalari;

➖ chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i nusxasi;

➖ bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organining qarori nusxasi;

➖ oilaning mavjud chorva mollari va parrandalari to‘g‘risida ma’lumot;

➖ ariza beruvchi va uning oila a’zolari nomidagi tijorat banki hisobvaraqlaridagi mablag‘ qoldiqlari va ariza berilgan oydan oldingi 3 oy mobaynida ularning nomiga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarni Markaziy bank tomonidan “Yagona reestr” ATga taqdim etish to‘g‘risida ariza.

Kiritildi: 11:15 15.09.2021. O'qildi: 2430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!