Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari tashkil etiladi

A A A
Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari tashkil etiladi

“Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5099-son, 29.04.2021 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko‘ra, dastlab quyidagi hududlarda Turizm va sport vazirligi huzurida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi:

● Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari);
● Buxoro viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari);
● Qashqadaryo viloyati (Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari);
● Toshkent viloyati (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri). 

🥊 Boks maktablari faoliyati iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi.

O‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi.

✅ Qaror bilan Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, 2025 yilgacha quyidaligilarni amalga oshirish belgilangan: 
🔸sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini 27 minggacha yetkazish;
🔸kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zallarini tashkil etish;
🔸boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.

🔘 2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari va bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boks bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari ikki baravarga oshiriladi. 
 

Kiritildi: 13:34 01.05.2021. O'qildi: 2047 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!