Promouter Eddi Xirn yarimog‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev hamda sobiq chempion Dmitriy Bivol o‘rtasidagi ikkinchi jang qachon o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Xirnning so‘zlariga ko‘ra, bokschilar 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida o‘zaro revansh jangini o‘tkazishi mumkin.
"Ularning birinchi jangi juda raqobatli va sifatli bo‘ldi. Lekin shaxsan men haligacha Bivol mutlaq jahon chempioni bo‘lishi kerakligiga ishonaman", deya jang sanasiga munosabat bildirgan Xirn.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiyev o‘rtasidagi birinchi jang oktyabr oyida bo‘lib o‘tgandi. O‘sha jangda Beterbiyev ochkolar hisobi bo‘yicha g‘olib deb topilgan va hakamlarning bu qarori ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi.