Toshkentdagi "Ark buloq" bojxona postida xorijdan kelgan metall xomashyosi tekshiruvdan o‘tkazilganda, hujjatlarda xomashyo sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, aslida tayyor mahsulot ekanligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ular tovarlarning TIF TN kodlarini o‘zgartirib, 120 mln so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga urinishgan.
Ammo, buning oldi olinib, qiymati 1 mlrd 554 mln so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olingan. Hozirda bu holat bo‘yicha tekshiruv va surishtiruv ishlari davom etmoqda.