Rezolyusiya neytral shaklda bo‘lib, unda Rossiyaning Ukrainaga bosqini qoralanmagan. Hujjatda "Rossiya-Ukraina mojarosini darhol to‘xtatish", shuningdek, Ukraina hamda Rossiya o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga chaqiriq bor.
10 ta davlat (AQSH, Xitoy, Rossiya, Jazoir, Gayana, Serra-Leone, Janubiy Koreya, Pokiston, Panama, Somali) rezolyusiyani qo‘llab ovoz berdi. 5 ta davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Gresiya, Sloveniya, Daniya) betaraf qoldi.
Keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri ilk bor AQSH, Rossiya va Xitoy Ukraina bo‘yicha rezolyusiyaga birgalikda ovoz berdi. Buyuk Britaniya va Fransiya ushbu hujjatga veto qo‘yishi mumkin edi, ammo ular bunga qo‘l urishmadi.
Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyusiyalari, BMT Bosh Assambleyasi qabul qilgan rezolyusiyalardan farqli ravishda, xalqaro tashkilotga a’zo barcha davlatlar uchun majburiy hisoblanadi.