Bugun Yevropa Ittifoqining 16 davlati vakillari Fransiya va Italiya tomonidan BMTning Livandagi tinchlikparvar kuchlari (UNIFIL) bilan tashkil etilgan videokonferensiyada ishtirok etdi. UNIFIL vakillari Yevropa Ittifoqini Isroilga siyosiy va diplomatik bosim o‘tkazishga chaqirdi.
«Uchrashuvda yuzaga kelgan yana bir muhim jihat, bundan keyin hech qanday hodisalar yuz bermasligi uchun Isroilga maksimal darajada siyosiy va diplomatik bosim o‘tkazishga bo‘lgan umumiy istak bo‘ldi», — deyiladi Italiya TIV bayonotida.
👨⚕️Ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Isroil bosqinidan keyin Livandagi tibbiyot muassasalarini himoya qilishga chaqirdi.
«JSST sog‘liqni saqlash muassasalariga hujumlarni to‘xtatishga chaqiradi», deyiladi BMT agentligi bayonotida. «Og‘ir bombardimonlar soni ortib borayotgan sog‘liqni saqlash muassasalarini yopishga majbur qilmoqda, ayniqsa Livan janubida.»
🏥 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil agressiyasi Livandagi 13 kasalxonani to‘liq yoki qisman ishdan chiqargan. Livan sog‘liqni saqlash vaziri Firas al-Abyad: «Isroil bosqinchi rejimi ilgari G‘azoda qilgan ishini Bayrutda ham takrorlamoqda». «Bular tinch aholiga va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar.»