Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

BMT ma’ruzachisi Isroil borasida yaxshi taklif berdi

BMT ma’ruzachisi Isroil borasida yaxshi taklif berdi

BMTning Falastinda inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Isroilning tashkilotdagi a’zoligini vaqtincha to‘xtatish taklifi bilan chiqdi.

Francheska Albaneze ko‘ra, ayni paytda nafaqat G‘azoda, balki Isroil okkupasiyasi ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda ham falastinliklar zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. Falastin yerlarida kuzatilayotgan holat esa etnik tozalash va ayirmachilik siyosati deb baholanmoqda.

"Xalqaro huquqni buzishni bas qilib, okkupasiyani to‘xtatmaguncha qadar Isroilning BMTdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqish yoki vaqtinchalik to‘xtatib turishni tavsiya qilaman", – dedi Albaneze.

Maxsus ma’ruzachiga ko‘ra, Isroil Xalqaro sud qaroriga bo‘ysungan holda qurolli kuchlarini Falastinning ishg‘ol ostidagi hududlaridan olib chiqishi, kelgindilar manzilgohlarini yo‘q qilishi, Falastinga tegishli tabiiy boyliklardan foydalanishni to‘xtatishi va ularga tovon to‘lashi kerak.

Kiritildi: 20:12 03.11.2024. O'qildi: 1482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!