Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

BMT Isroilning G‘azoni bosib olish rejalariga qarshi

BMT Isroilning G‘azoni bosib olish rejalariga qarshi

BMT Isroilning G‘azo shahrini egallash rejalariga qarshi.

Bu haqda jurnalistlar uchun brifing chog‘ida BMT bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

"Biz G‘azoning egallab olinishiga qat’iy qarshi edik. Bu mojaroning ushbu bosqichi boshlanganidan beri qayta-qayta ko‘chirilgan odamlarning navbatdagi ommaviy ko‘chishiga olib kelishi aniq", - dedi u.

Bugun Times of Israel gazetasi Isroil mudofaa vaziri Israel Kas armiyaning G‘azo shahriga hujum qilish rejasini ma’qullagani haqida xabar berdi. Keyinroq Isroil qurolli kuchlarining rasmiy vakili Effi Defrin Isroil G‘azo shahriga rejalashtirilgan hujumning dastlabki bosqichlarini boshlaganini va allaqachon shahar chekkasida mustahkam o‘rnashib olganini aytdi.

8 avgust kuni Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi bosh vazir Benyamin Netanyaxuning G‘azo sektori hududini keyinchalik yangi “fuqarolik hukumati”ga topshirish maqsadida uning butun hududi ustidan nazorat o‘rnatish rejasini ma’qulladi. Netanyaxu qo‘shimcha qildi, bir vaqtning o‘zida Isroil sektorni ushlab turishni rejalashtirmaydi; operasiyaning maqsadi "xavfsizlik perimetri"ni o‘rnatishdir.

Kiritildi: 09:45 21.08.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!