Agentlik xabariga ko‘ra, ular shu haftada o‘z dasturlarini taqdim etishi kutilmoqda. Bu galgi nomzodlar soni 10 yil oldingiga qaraganda ancha kam.
Ma’lum qilinishicha, 21 aprel kunidan boshlab BMTga a’zo 193 davlat elchilari nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazadi. Nomzodlar ro‘yxatida quyidagilar bor:
1. Mishel Bachelet — Chili sobiq prezidenti (Braziliya va Meksika tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan).
2. Rafael Mariano Grossi — argentinalik diplomat, hozirda MAGATE rahbari.
3. Rebeka Grinspan — Kosta Rika sobiq vise-prezidenti, BMTning savdo bo‘yicha rahbari.
4. Maki Sall — Senegal sobiq prezidenti (Burundi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan).
2016 yilda ushbu lavozim uchun 13 kishi kurashgan edi. BMT kuzatuvchisi va “Xalqaro inqiroz guruhi” dasturi direktori Richard Govanning fikricha, keskin qutblashuv va urushlar vaziyatni o‘zgartirgan.
BMT nizomiga ko‘ra, bosh kotib Xavfsizlik kengashi tavsiyasiga binoan Bosh assambleya tomonidan saylanadi. Bu jarayonda beshta doimiy a’zo (AQSH, Rossiya, Xitoy, Britaniya va Fransiya) veto huquqiga ega, ya’ni ular istalgan nomzodni rad etishi mumkin.