BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda jahon tashkiloti rahbari vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlar uchun brifing chog‘ida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, tomonlar Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha so‘nggi diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qilgan.
Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish, shuningdek, BMTning Ukrainada adolatli, keng qamrovli va barqaror tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi “birinchi qadam” sifatida “to‘liq, zudlik bilan va so‘zsiz” o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.