Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

BMT Bosh kotibi vakili: "Yaqin Sharqda yadrodan xoli hudud yaratish - ustuvor vazifa"

BMT Bosh kotibi vakili: "Yaqin Sharqda yadrodan xoli hudud yaratish - ustuvor vazifa"

Xalqaro hamjamiyat dunyoda yadro qurolidan xoli yangi hududlar yaratishi kerak.

Bu haqda BMT bosh kotibining qurolsizlanish masalalari bo‘yicha oliy vakili Izumi Nakamisu yadro qurolidan xoli hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.

"Arktika, Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Markaziy Yevropa kabi hududlarda zonalar yaratish sa’y-harakatlarini rag‘batlantirish kerak. Yaqin Sharqda yangi zona yaratish ustuvor vazifa bo‘lib qolishi kerak", - dedi BMT vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘azoda davom etayotgan halokatli gumanitar inqiroz va Yaqin Sharq mintaqasida mintaqaviy mojaroning avj olish xavfi bunday zonani yaratishning dolzarbligi va muhimligini ta’kidlaydi.

Kiritildi: 15:22 27.08.2024. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!