Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

BMT Bosh kotibi Putinga don bitimini uzaytirish bo‘yicha maktub yo‘lladi

A A A
BMT Bosh kotibi Putinga don bitimini uzaytirish bo‘yicha maktub yo‘lladi

BMT Bosh kotibi Putinga don bitimini uzaytirish bo‘yicha maktub yo‘lladi. Bu haqda Guterrish idorasi xabar berdi.

BMT Bosh kotibi vakilinig ma’lum qilishicha, maktubda don bitimini uzaytirish taklif qilingan. Shuningdek, BMT kelgusida don bitimi bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligi ta’kidlangan.

Guterrish taklifining maqsadi "Rosselxozbank" faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etish va Qora dengiz tashabbusining kelgusi faoliyatini ta’minlashdan iborat, deyiladi xabarda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Bosh kotib maktubini olgan va hozirda uni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 23:23 12.07.2023. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!