2030-yilga borib dunyoda 575 million kishi o‘ta qashshoqlik bilan kurashishda davom etadi va 84 million bola maktabga borolmaydi. Tegishli prognoz BMT hisobotida keltirilgan.
Hisobotda 2030 yilgacha rivojlanish maqsadlariga erishish xavfi, jumladan, “nol ochlik”ga e’tibor qaratiladi.
Qayd etilishicha, ushbu muddatga qadar belgilangan 140 ta maqsadning atigi 15 foiziga erishish mumkin.
“Agar biz hozir harakat qilmasak, bizning 2030 yilgi kun tartibimiz dunyo uchun qabr toshi bo‘lib qoladi. Bu jarayonda muvaffaqiyatga erisha olmaslik tengsizlikning chuqurlashishi va dunyoni bo‘linish xavfi ortishiga olib kelishi mumkin”, — deya ogohlantirdi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotning so‘zboshida.