Rossiyalik bloger 10 ming litr Coca-Cola ichimligiga soda quydi va nima sodir bo‘lganligini videoga oldi.
Videoda bloger va uning jamoasi bir necha ming shisha kolani bochkaga quyishgani, keyin esa unga soda solishgani ko‘rsatilgan. Natijada osmonga ulkan kola favvorasi ko‘tarildi.
"Bu juda qo‘rqinchli, bu juda ajoyib", — deya izoh berishdi voqea ishtirokchilari.
Bloger ta’kidlaganidek, u soda va Coca-Cola bilan tajriba o‘tkazishga to‘rt yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan, bunday videoni suratga olish unga 700 ming rublga tushgan, shundan 446 mingi soda uchun sarflangan. Ikki kun ichida video You Tube ijtimoiy tarmog‘ida besh milliondan ortiq marta ko‘rildi.