AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi telefon orqali suhbatda Ukrainaga harbiy yordamni oshirishni muhokama qildi.
Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller yozma bayonotida ma’lum qilingan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukraina masalasida ular harbiy yordamni oshirish zarurligini muhokama qilishgan”.
Ikki davlat diplomatik idoralari rahbarlari, shuningdek, Suriyadagi vaziyat va “AQSh va mintaqa davlatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan, o‘tish jarayoni va yangi hukumatni shakllantirish jarayonida rioya qilinishi lozim bo‘lgan tamoyillar” haqida gapirdi.
Blinken “AQSh Suriya xalqi tomonidan saylanadigan mas’uliyatli va vakillik Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi”.
Avvalroq SNN manbalarga tayanib, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati yaqin besh hafta ichida, ya’ni Amerikaning saylangan yetakchisi Donald Tramp inaugurasiyasi oldidan Ukrainaga keng ko‘lamli qurol yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.