AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 3 noyabr kuni Isroilga tashrif buyuradi.
Bu haqda Reuters AQSh Davlat departamenti vakiliga tayanib xabar berdi.
Shu tariqa, Blinken hukumat a’zolari bilan uchrashish uchun juma kuni Isroilga yetib borish niyatida. Shundan so‘ng AQSh Davlat kotibi mintaqadagi ayrim mamlakatlarga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ta’kidlaydi agentlik.
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashgan bir paytda Blinken avvalroq Isroil, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Qatar, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Misrga tashrif buyurgan. Bundan tashqari, 18 oktyabrm kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bir kunlik favqulodda tashrif bilan Isroilga tashrif buyurdi.