Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Blinken Armaniston AQSh uchun muhimligini aytdi

A A A
Blinken Armaniston AQSh uchun muhimligini aytdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Armanistonni 21 sentyabr – Mustaqillik kuni bilan tabriklab, Vashington arman xalqining demokratik intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini ta’kidladi. Tabrik matni Davlat departamenti saytida e’lon qilindi.

Blinken Armanistonni Mustaqillik kuni bilan tabriklar ekan, AQSh va Armaniston umumiy qadriyatlarga ega ekanligini va Vashington Yerevan bilan hamkorligidan faxrlanishini aytdi.

“Armaniston 1991 yilda Sovet Ittifoqidan mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng erkinlik va o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘liga o‘tdi. O‘shandan beri biz sizning demokratik qadriyatlarga, inson huquqlarini rivojlantirish va mustahkamlashga, barcha armanlar uchun qonun ustuvorligini, iqtisodiyot va adolatni ta’minlashga sodiqligingizni ko‘rdik. Bu qadriyatlar bizning qadriyatlarimizga mos keladi va biz bu sohalarda Armaniston bilan hamkorlik qilishdan faxrlanamiz”, deydi Blinken.

U, Qo‘shma Shtatlar arman xalqining demokratik intilishlarini, suvereniteti va xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.

“Qo‘shma Shtatlar Armaniston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaydi va Janubiy Kavkaz mintaqasida barcha insonlar huquqlarini hurmat qiladigan mustahkam va munosib tinchlik o‘rnatish tarafdori bo‘lib qoladi”, deydi Davlat kotibi bayonotida.

U ikki tomonlama munosabatlar va iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanishiga umid qilishini bildirgan.

“Kelgusi yilda arman xalqiga farovonlik va tinchlik tilayman”, deydi Blinken tabrik so‘ngida.

Kiritildi: 14:55 22.09.2023. O'qildi: 1852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik