AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Moskva bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaro yoqasida emas, degan fikrni bildirdi.
Bu haqda u The New York Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Ammo to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga kelsak, menimcha, biz bunga yaqin bo‘lmaganmiz, lekin bu borada juda ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak", dedi u.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklar ham AQShning qurolli mojarolarda ishtirok etishini xohlamaydilar, chunki odamlar bundan charchagan.