Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdog‘an O‘zbekistondan qaytgach, yana Isroil-Falastin urushi to‘g‘risida intervyu berdi.
Bu safar Turkiya rahbari G‘azo sektori atrofidagi vaziyatga G‘arb davlatlarining yondashuviga e’tibor qaratdi.
“Bizga bo‘sh gumanitar shoular emas, aniq qadamlar kerak.
Isroil tomoni bilib qo‘ysin! HAMAS tinch aholini garovda ushlab turishdan manfaatdor emas”, — dedi u.
Shuningdek, Erdog‘an xalqaro hamjamiyatni BMTning 27 oktyabrdagi o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi qarorini amalga oshirish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.