Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bitkoin narxi ikki hafta ichida qariyb 30 foizga oshdi

Bitkoin narxi ikki hafta ichida qariyb 30 foizga oshdi
Avgust oyining ikkinchi yarmidan kriptovalyuta bozorida bitkoin narxi sezilarli darajada o‘sdi. 17 avgust kuni uning narxi 62,8 ming dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 21 avgustga kelib 79,5 ming dollarga yetdi. 28 avgustda uning narxi 81,4 ming dollargacha ko‘tarilgan bo‘lsa, keyinchalik pasayib, oy oxiriga kelib 78,6 ming dollar atrofida shakllandi. Sentyabr boshida bitkoin yana o‘sishni boshladi. 3 sentyabr kuni uning narxi 82,2 ming dollargacha ko‘tarildi. Bu so‘nggi uch oyda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. 4 sentyabr holatiga ko‘ra, bitkoin 81 ming dollar atrofida savdo qilinmoqda. Shunday qilib, 17 avgust va 3 sentyabrdagi narxlarni taqqoslaganda, bitkoin narxi taxminan 31 foizga oshganini ko‘rish mumkin. Eslatib o‘tamiz, bitkoinning tarixiy rekordi 2025 yilning 6 oktyabr kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda kriptovalyuta narxi 126 ming dollardan oshgan edi.
Kiritildi: 13:40 04.09.2026. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!