50 dan ortiq taksi haydovchilari "Yandeks.Taksi"ning Bishkekdagi markaziy ofisida Qirg‘izistonda 21 foizga teng bo‘lgan xizmat komissiyasini qisqartirish talabi bilan norozilik namoyishi o‘tkazdi.
"Interfaks"ning xabar berishicha, namoyishchilar agregator yuqori foizni saqlab qolganidan noroziligini bildirgan. Ularning aytishicha, mehnat sharoitlari tobora og‘irlashib bormoqda.
Namoyishlar Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining "Yandeks.Taksi" shirkati katta hajmdagi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda gumon qilinayotgani haqidagi xabari bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. 30 noyabr kuni kompaniya va uning hamkorlari ofislarida tintuv o‘tkazildi.