Bugun 5 yanvar, 2025 yil, yakshanba

КИР

Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi

Birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxiga nisbatan cheklov o‘rnatildi

Raqobat qo‘mitasi birjaga chiqarilayotgan propanning boshlang‘ich narxga nisbatan 20 foizlik spred (cheklov) o‘rnatdi. Ushbu yoqilg‘i narxi oxirgi 5 oy ichida qariyb 2 barobargacha qimmatlashib ketgandi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bu haqda bir nechta bozor ishtirokchilariga tayanib Spot xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning 5 noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz uchun boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgan.

Ushbu qaror narxlarga sezilarli ta’sir qila boshlagan. Xususan, 6 noyabr kungi savdolarda propanning o‘rtacha narxi tonnasiga 1,2 mln so‘mdan ko‘proqqa pasayib, 8,9 mln so‘mgacha arzonlashgan.

Kiritildi: 15:57 07.11.2024. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!