Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Birja korrupsiya o‘chog‘iga aylanib qolmayapti (mi?)

A A A
Birja korrupsiya o‘chog‘iga aylanib qolmayapti (mi?)

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasida elektron auksion savdolarini tashkil etish orqali davlat va korporativ xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash uchun bir qator choralar ko‘rildi hamda xaridlarni tartibga solish maqsadida bir necha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3237-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib ushbu qarorda ham narx-navoni manipulyasiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish va elektron savdoda tuzilgan bitimlar bo‘yicha tovarlarni yetkazib bermaslik holatlari ko‘plab mavjudligi bayon etilgan va bunday holatlarni olish maqsadida bir qator vazirlik va tashkilotlarga amalga oishiriladigan ishlar belgilab berilgan.

Shu bilan bir qatorda, qarorda davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida ularning tender savdolarini tashkil etish bo‘yicha talablarni buzganligi hamda o‘tkazilgan davlat va korporativ xaridlarining maqsadga muvofiqligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan shaxsiy javobgar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

Lekin bugungi kunda biz o‘tkazilayotgan  xaridlarni halol va qonuniy o‘tkazilmoqda deb ayta olamizmi. O‘ylaymanki yo‘q. Gapning isboti sifatida davlat va korporativ xaridlar amalga oshiriladigan uzex.uz saytidan olingan ayrim lotlarni misol keltiramiz va undan o‘zingiz xulosa chiqarishingiz mumkin.

https://dxarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/6933045/ havolasidagi  RSHTYOIM Andijon filiali tomonidan joylashtirilgan 6933045-sonli lotda 7 800 000.0 (etti million sakkiz yuz ming) so‘mlik “Buxgalteriya kitoblari tayyorlab berish xizmati M-44, 292-shakl, 308-shakl, kassa xakikiy xarajatlar kitobi, shaxsiy varaka” buyurtma joylashtirilgan. Bu buyurtmada nima xato deb aytishingiz mumkin. Bu yerda bizningcha buxgalteriya kitoblari necha nusxada tayyorlab berilishi, ular necha sahifadan iborat bo‘lishi, muqovasi qattiq yoki yumshoq bo‘lishi, ularning formatlari ko‘rsatilishi kerak edi. Hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan har qanday yetkazib beruvchi bunday mavhum buyurtmaga da’vogar bo‘lmaydi. Bu yerda albatta kim da’vogar bo‘ladi, albatta bu ishlarni o‘sha tashkilotda oldin qilib yurgan tashkilotning o‘zginasi.

 Yoki yana bir misol https://dxarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/6932913/ havolasi orqali “Teatr” jurnali tahririyati tomonidan joylashtirilgan 6932913-sonli lotga qo‘yilgan talablariga nazar tashlasak. Unga ko‘ra “Teatr jurnali №4-2019 yildagi ,ichki saxifa 115gr-m2,4+4,melovannaya mukova 200gr-m2,4+4melovannaya +laminasiya. Nekachestvenniy tovar ne prinimayetsya.”, ya’ni   jurnalning ichki sahifalari va muqovasi qanday qog‘oz ko‘rinishida bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan va eng asosiysi jurnal necha sahifadan iborat bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilmagan.

Undanam qiziq yana bir lotga nazar tashlasak. Dxarid.uzex.uz saytida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tomonidan https://dxarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/6925336/ havola orqali joylashtirilgan 6925336-sonli lotga nazar tashlasangiz lotda ikki nomdagi, ya’ni “Poligraficheskiye uslugi po vipusku uchebnikov dlya studentov medisinskix VUZov: 1. “Anatomiya“ A.Axmedov va boshkalar I tom (uzbek tilida) 2. “Anatomiya“ A.Axmedov va boshkalar II tom (uzbek tilida)” kitoblarni chop etish ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin bu lotda ushbu kitoblar necha sahifadan iborat ekanligi, kitoblarning soni nechtadan iborat ekanligi umuman ko‘rsatilmagan, kitoblarning hajmi qanaqa bo‘lishi, ularning muqovasi qattiqmi yoki yumshoqmi degan saollarga javob ololmaymiz. Bu tanlovda ishtirok etishni xoxlagan talabgor folchilikdan xabari bo‘lishi kerakmi shunda.

Yuqoridagi lotlarda kim g‘olib, yana o‘sha “tanish” g‘olib albatta.

Biz qisqa bir maqolada shunday lotlarning bor yo‘g‘i uchtasinigina keltirib o‘tdik agar bir hafsala qilib dxarid.uzex.uz yoki exarid.uzex.uz saytlariga kirib ko‘rsangiz bunday holatlarning minglarcha ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

Shu maqolani tayyorlayotgan bir paytda Toshkent moliya institutida ham xuddi shunday bir holat bo‘lganligi, bo‘lib o‘tgan tanlov kulgili va noqonuniy asoslarga ko‘ra bekor qilinganligini aytib berishdi va uni bir alohida mavzu sifatida yoritishga qaror qildik.

Gapning indallosini aytsak birjadagi o‘yinlarni tartibga solish kerak nazarimda. Aks holda davlat puli tejalishi o‘rniga talon–taroj qilinishi tayin.

Umid qilamizki kechagi taloto‘plardan keyin mutasaddi tashkilotlar bu holatga ham e’tibor qaratishadi. Narx navolar oshirilib turgan bir paytda birja orqali xo‘jasizlarcha sarflanayotgan mablag‘larni tejash, ularni tartibga solish yo‘liga o‘tishsa harna “oila” byudjetiga yordam bo‘lar edi.

Kiritildi: 06:15 04.08.2019. O'qildi: 2548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!