Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Birinchi o‘zbek aktrisasining fojiali o‘limi

A A A
Birinchi o‘zbek aktrisasining fojiali o‘limi

"O‘zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati birinchi o‘zbek aktrisasi Tursunoy Saidazimova haqida ma’lumot berdi.

Aktirisa 1911 yil Toshkentda tug‘ilgan. Taqdir taqozosi bilan uning hayoti fojiali yakun topgan. 1928 yilning 10 mayida 17 yoshida Buxorodagi gastrol safari chog‘ida o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi.

Aktrisaning fojiali o‘limi san’at ahlining qalbini larzaga keltirgan. 

O‘zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori Yoqubov Tursunoy o‘ldirilganda shunday degan ekan: "Dushmanlar qo‘yishmayapti. Mayli, bitta shahid ketgan Tursunoyning o‘rniga yuztasini tayyorlayman".  

Hamza Hakimzoda Niyoziy unga atab “Tursunoy marsiyasi”ni yaratgan.

Kiritildi: 15:19 27.01.2021. O'qildi: 7473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!