“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining yangilangan tahriri jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjatda mamlakat moliya bozorini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan muhim rejalar va aniq muddatlar belgilangan.
Ushbu strategiya doirasida ko‘p yillardan beri muhokama qilinayotgan islomiy moliya xizmatlari bo‘yicha aniq qadamlar e’lon qilindi:
🔹 2027 yil — islomiy moliya xizmatlarini ko‘rsatuvchi birinchi bank tashkil etiladi;
🔹 2029–2030 yillar — yana ikkita islomiy bank faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Natijada, O‘zbekistonda uchta bank islomiy moliya tamoyillari asosida ishlay boshlaydi. Shuningdek, strategiyada davlatning bank sektoridagi ishtirokini qisqartirish rejalari ham nazarda tutilgan:
🔸 2027–2030 yillar — har yili bittadan davlat banki xususiylashtiriladi;
🔸 2030 yilga kelib davlat ixtiyorida faqat 4 ta bank qoladi.
📊 Bu islohotlar moliya bozorida raqobatni oshirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va islomiy moliyaga bo‘lgan talabni qondirishga xizmat qiladi.