Ayolning tasdiqlashicha, chaqaloq shisha idishdagi spirtli ichimlikni yalab ko‘rgan xolos, lekin bir qultum ham yutib yubormagan.
Leningrad viloyatida avtobus yo‘lovchilaridan biri tomonidan olingan videorolik tufayli mojaro yuzaga keldi. Videoda ota-ona o‘zining kichik yoshli qiziga pivo shishasidagi ichimlikni ichirgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, ular shu tarzda farzandini uxlatib qo‘ymoqchi bo‘lishgan.
Layf nashri qizchaning onasi Kristina B. bilan suhbatlashdi. U chaqalog‘i uchun shisha idish qiziq bo‘lganinni, lekin undagi ichimlikdan bir qultum ham ichmaganini aytgan.
- Bolamga, shunchaki, shisha idish qiziq edi, lekin u bir qultum ham ichmadi! U yerda ochiq-oydin ko‘rinib turibdi, u idishni og‘ziga olib borgan, ozroq yalab ko‘rgan va shu zahoti tuflab tashlagan. Yonimizda suv bor edi, men doim o‘zim bilan suv olib yuraman, - degan ayol.
Foto: Sosseti
U, shuningdek, voqeaning 27 aprelda sodir bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Shu kuni u eri va farzandi bilan singlisining turmush o‘rtog‘ining tug‘ilgan kunidan qaytayotgan bo‘lgan. Kristinaning oilasida ikki farzandi bor - Milanidan ashqari uch yoshli Ruslan ismli o‘g‘il farzandi ham bor. Kristina uning oilasida hammasi joyida ekanini ta’kidlagan.
life.ru